Qora bozorda dollar kursi bugun uchun

Yangilandi: 2018-11-16 15:20:02 Toshkent (GMT+5)

Sotib olish

8320

Sotish

8345

o'zgarish -5

Markaziy bank rasmiy kursi

8271.27

o'zgarish +21.30

Dollar kursining o'zgarishi grafigi

Qora bozordagi dollar kursi

Ushbu saytdan dollar kursining o’rtacha qiymatini bilib olish mumkin. Qora bozordagi kurs ham taxminan shunday bo’ladi. Farq 2-5% bo’lishi mumkin. Masalan, agar sotib olish 7900 so’m bo’lsa, bozorda dollar 7800-8000 bo’lishi mumkin.

Hech kim valyutani ushbu saytda ko’rsatilgan kurs bo’yicha sotish yoki sotib olishga majbur emas! Saytdagi ma’lumotlarga asoslanib amalga oshirilgan ishlarga javobgarlikni sayt o’z bo’yniga olmaydi.

Foydali havolalar

Valyuta kursi

Hozirgi kunda valyutaning bir necha xil kurslari mavjud, jumladan dollarning ham:

  1. Rasmiy – O’zbekiston Respublikasi markaziy banki tomonidan belgilanadi. Ushbu kurs har hafta yangilanadi. Hozirda rasmiy kursning bo’yicha dollarning so’mga nisbatan qiymatini yuqorida ko’rishingiz mumkin.
  2. Bozor – valyuta qora bozoridagi talab va taklifdan kelib chiqib shakllanadi. Ushbu saytda siz kursning o’zgarishiga oid eng so’nggi ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin. E’tibor bering, ba’zan har xil viloyatlardagi kurslar o’zaro farq qiladi. Masalan, Samarqand va Toshkent shaharlaridagi kurslar bir xil bo’lmasligi mumkin. Lekin farq katta bo’lmaydi yoki umuman farq bo’lmaydi.
  3. Birja – bu kurs birjalarda ishlatiladi va ko’pchilik oddiy aholini qiziqtirmaydi.

Kelajakda dollarga nima bo’ladi?

Hech kim kelajakni ko’rish va aytib berish imkoniyatiga ega emas, lekin bu mavzuda hammaning o’z fikri bor. Fikringiz bilan o’rtoqlashish uchun izoh qoldirishingiz mumkin.

Toshkentdagi dollar kursi

Poytaxtdagi va boshqa viloyatlardagi kurslar deyarli farq qilmaydi, agar farq qilsa ham farq katta bo’lmaydi.

Valyuta almashtirish

Hozir dollarni banklarda almashtirish afzalroq. Chunki hammaga ma’lum, rasmiy kurs bilan bozordagi kurs orasidagi tafovut deyarli yo’q. Bundan tashqari valyutani bozorda sotish va sotib olish ta’qiqlangan. O’zbekiston Respublikasi hududida barcha hisob kitoblar milliy valyutada amalga oshirilishi kerak.